Aholining inflyatsion kutilmalari 13,3%ga oshdi

Eng yuqori ko’rsatkichlar Toshkent shahri va Andijon viloyatida kuzatilgan

Aholining inflyatsion kutilmalari 13,3%ga oshdi

Joriy yilning sentyabr oyida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyasion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan biroz tezlashib, mos ravishda 13,3% va 12,6%ni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Aholi narxlar o‘sishiga asosan valyuta kursining o‘zgarishi (50%), yoqilg‘i va energiya resurslarining qimmatlashishi (47%) hamda kommunal xizmatlarning oshishi (45%) ta’sir qilishi mumkin deya baholagan.

Faktorlar orasida keyingi o‘rinlarda ish haqi va nafaqalarning oshishi (39%), monopoliyaning va narxlarning sun’iy oshirilishi (29%) keltirilgan. Shu bilan birga, transport xarajatlari (28%) va oziq-ovqat qimmatlashi 25%ni tashkil etdi.

Sentyabr oyi yakuni bo‘yicha aholi tomonidan sezilgan inflyatsion daraja esa 13,4%ni tashkil etdi.

Narxlari yuqoriligi qayd etilgan tovar va xizmatlarining eng yuqori uchlidan go‘sht va sut (56%), benzin va yoqilg‘i (39%) hamda elektr va tabiiy gaz (34%) joy olgan.

Hududlar kesimida esa eng yuqori inflyatsiya Toshkent shahri (15,4%) va Andijon viloyati (14,6%)da sezilgan. Eng past ko‘rsatkich Farg’ona viloyatiga (12,1%) to‘g‘ri keladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
/
O’zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushib ketdi
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish uchun platforma ishga tushirildi
/
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish uchun platforma ishga tushirildi
XVJ: O’zbekistonda 2024-yilda YaIMning 6,25%gacha va 2025-yilda 6,1%gacha qisqarishi kutilmoqda
/
XVJ: O’zbekistonda 2024-yilda YaIMning 6,25%gacha va 2025-yilda 6,1%gacha qisqarishi kutilmoqda