Toshkentda pulli avtoturargohlari mavjud aholiga imtiyozlar beriladi

Noyabr oyida rezidentlik ruxsatnomalarini elektron tartibda beriladi

Toshkentda pulli avtoturargohlari mavjud aholiga imtiyozlar beriladi

Pulli toʻxtash joylari tashkil etilgan koʻchalarda koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi uchun maxsus imtiyozlar yaratilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Bunda poytaxt aholisi uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etilib, ruxsatnoma egalari oʻz mahallasi hududidagi toʻxtash joylaridan sutkaning kechki paytidan tonggacha imtiyozli shartlarda foydalanish imkoniga ega boʻladi.

Shuningdek, kunduzgi vaqtda ham muayyan chegirmalar beriladi, bayram va dam olish kunlarida esa yanada kengroq imtiyozlar taqdim etiladi.Hozirgi kunda rezidentlik ruxsatnomalarini elektron tartibda olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya ishlari olib borilmoqda. Jarayonlar joriy yil noyabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu ishlar yakunlanganidan soʻng, Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilinib, ruxsatnoma berish tartibi, amal qilish muddati, huquqqa ega boʻluvchi fuqarolar toifasi, taqdim etiladigan imtiyozlar roʻyxati aniq belgilanadi.

Qaror qabul qilingan vaqtda hamshaharlar tanishib chiqishi uchun belgilangan tartibda eʼlon qilinadi.

Shu yilning 8-may kunidan boshlab poytaxtda pulli avtoturargohlar foydalanishga topshirilgan. Streetpark Systems operatsion direktori Jamoliddin Qudratov xabar berishicha, Toshkentning 18 ta markaziy ko‘chasida 2 ming 662 dan ortiq to‘xtash joyi tashkil etilgan. U, shuningdek, avtoturargohdan foydalanish tartiblarini ham tushuntirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Markaziy banki kurs tebranishlarini kengaytirishga ruxsat berdi
/
O‘zbekiston Markaziy banki kurs tebranishlarini kengaytirishga ruxsat berdi
Ai-80 benzinidan voz kechish inflyatsiyani kuchaytirishi mumkin — Markaziy bank
/
Ai-80 benzinidan voz kechish inflyatsiyani kuchaytirishi mumkin — Markaziy bank
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi