Bu yil aholiga salkam 12 trln so’m ipoteka krediti ajratilgan

Ulardan 65% birlamchi bozordagi uylar xaridiga sarflangan

Bu yil aholiga salkam 12 trln so’m ipoteka krediti ajratilgan

Joriy yilning o’tgan 9 oyi davomida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 11,7 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Respublika bo’ylab 42 ming 790 nafar fuqaroga ipoteka kreditlari rasmiylashtirilgan bo’lib, eng yuqori ko’rsatkich Toshkent shahriga — 3,5 trln so’m, eng kam ko’rsatkich esa Sirdaryo viloyatiga — 171,9 mlrd so’mga to’g’ri kelgan.

O’zbekiston banklari ipoteka kreditlash uchun 3,7 trillion so’m mablag’ ajratdilar. Mablag’larning katta qismi — 6,7 trln so’m iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ajratildi, yana 1,2 trln so’m esa O’zbekiston ipotekasini qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.

Shuningdek, aholiga ajratilgan kreditlarning 65% birlamchi bozordagi uylar xaridiga, qolgan 35% esa ikkilamchi bozordagi uylar xaridiga sarflangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda banklar yarim yilda 6,5 trln so‘mlik foydaga chiqdi
/
O‘zbekistonda banklar yarim yilda 6,5 trln so‘mlik foydaga chiqdi
Samarqandda $12 mlnlik yangi avtovokzal ishga tushdi
/
Samarqandda $12 mlnlik yangi avtovokzal ishga tushdi
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 600 mln so‘mdan ortiqqa sotildi
/
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 600 mln so‘mdan ortiqqa sotildi