Statistika qo‘mitasi: yanvar-mart aholi real daromadlari uch oyda 10% ga oshdi

Shuningdek, YaIM hajmi 6,8% ga yuqorilagan

Statistika qo‘mitasi: yanvar-mart aholi real daromadlari uch oyda 10% ga oshdi

Statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning 2025-yil yanvar—mart oylaridagi iqtisodiy holati bo‘yicha maʼlumot berdi

Tahlil qilinishicha, birinchi chorakda mamlakatda inflyatsiya darajasi 2,1% ko‘tarilgan (2024-yil mos davrida 1,7% oshgan).

Uch oy davomida respublika yalpi ichki mahsulot hajmi 6,8% o‘sdi (o‘tgan yil ilk choragida 6,4% oshgan). Bunda sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi 6,5% ga o‘sgan va bir yil oldingi ko‘rsatkich bilan teng bo‘lgan. Transport sohasi o‘tgan yil mos davridagidan past darajada o‘sdi. Jumladan, yo‘lovchi tashish hajmi 4,3% (2024-yil mos davrida 5%), yuk aylanmasi esa 2% (o‘tgan yil birinchi chorakda 6,2%) oshgan.

Yanvar—mart oylarida mamlakat tashqi savdo aylanmasi hajmi 8,6% o‘sdi (o‘tgan yil mos davrida 7%). Bunda eksport 24,4% ga, import 12,3% ga ko‘paygan. Taqqoslash uchun 2024-yil dastlabki choragida eksport 2,3% kamaygan, import esa 3,6% oshgandi.

Qo‘mita hisob-kitoblariga qaraganda, yanvar—mart oylarida O‘zbekiston aholisining real umumiy daromadlari o‘sish surʼati 9,8% ni tashkil etgan. 2024-yil mos davrida bu ko‘rsatkich 11,2% bo‘lgan.

2025-yil 1-aprelda respublikada faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 442 ming 402 tani tashkil etgan. Bir yil ilgari bu raqam 469 ming 877 ta bo‘lgan.

Joriy yil 1-aprel holatiga ko‘ra, mamlakat aholisi soni 37,7 mln kishiga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Startup Garage Shimoliy Afrika bozoriga chiqdi
/
Startup Garage Shimoliy Afrika bozoriga chiqdi
Germaniyaning KfW kompaniyasi O‘zbekistonga 26 mln yevro ajratadi
/
Germaniyaning KfW kompaniyasi O‘zbekistonga 26 mln yevro ajratadi
O‘zbekistonda dollardan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda dollardan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi