O‘zbekistonda aeroportlar va avtovokzallar nomlari davlat tili talablariga moslashtiriladi
21 ta obyekt nomi lotin yozuviga o‘tkaziladi va rasmiy hujjatlarda yangilanadi
Фото: пресс-служба президента
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aeroportlar va avtovokzallar nomlarini davlat tili me’yorlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha qaror qabul qildi. Tegishli hujjat Lex.uz portalida e’lon qilindi.
Qarorga muvofiq, Transport vazirligiga uch oy muddatda rasmiy hujjatlar, xaritalar va axborot bazalariga zarur o‘zgartirishlar kiritish topshirildi. Shuningdek, obyektlar hududidagi barcha tashqi yozuvlar, ko‘rsatkichlar va ma’lumotnoma axborotlari o‘zbek tilida va lotin yozuvida rasmiylashtirilishi belgilandi.
Hujjat bilan 21 ta obyektning nomi yangilandi yoki lotin grafikasi talablariga moslashtirildi. Jumladan, “Toshkent — Vostochnıy” aeroporti Toshkent-Humo deb nomlandi, Xorazm viloyatidagi “Urganch” avtostansiyasi esa O‘zbekiston deb qayta nomlandi. O‘zgartirilgan obyektlarning to‘liq ro‘yxati hujjatda keltirilgan.
Eslatib o‘tilishicha, 2026-yil yanvar oyidan boshlab yangi quriladigan barcha obyektlarga nom berishda faqat o‘zbek tilidan foydalanish majburiy hisoblanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ