Toshkent aeroportidagi yangi biznes-zal kim oshdi savdosiga qo’yildi

Auksion 12 avgust kuni bo'lib o'tadi

Toshkent aeroportidagi yangi biznes-zal kim oshdi savdosiga qo’yildi

E-Auksion platformasida Toshkent xalqaro aeroportidagi biznes-zal uchun xona kim oshdi savdosiga qo’yildi. Bu haqda «Uzbekistan Airports» xabar bermoqda.

Toshkent xalqaro aeroportidagi 427 kvadrat metr maydondagi yangi biznes-zal, shu jumladan balkon, jo’nash terminalining «steril» zonasida joylashgan. Xona to’liq jihozlangan va ta’mirlash ishlari uchun tayyor dizayn loyihasiga ega.

Boshlang’ich ijara qiymati — 1 kv. m uchun 880 ming so’m. boshqaruvchi hamkor har chorakda xizmat ko’rsatgan har bir yo’lovchi uchun 39 ming so’m to’laydi.

Ijara shartnomasi bi yil uchun oldindan to’langan holda 5 yilga tuziladi. Auksion ishtirokchilari texnik talablarga javob berishi kerak. Savdolarning minimal bosqichi boshlang’ich narxning 10%ni tashkil qiladi. Auksion 2024-yil 12-avgustda bo’lib o’tadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yangi Bank” binosi qayta sotuvga qo‘yildi
/
“Yangi Bank” binosi qayta sotuvga qo‘yildi
Endi YIDXPda foydalanuvchi nomiga rasmiylashtirilgan barcha bank kartalarini ko‘rish mumkin
/
Endi YIDXPda foydalanuvchi nomiga rasmiylashtirilgan barcha bank kartalarini ko‘rish mumkin
Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
/
Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi