Toshkent xalqaro aeroportida “Anjir” biznes zali ochildi

Yangi launj 116 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, Ozarbayjon kompaniyasi tomonidan boshqariladi

Toshkent xalqaro aeroportida “Anjir” biznes zali ochildi

2025-yil 24-fevral kuni “Toshkent” xalqaro aeroportining jo‘nab ketish hududida yangi «Anjir» biznes zali ish boshladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Anjir Business Lounge” terminalning steril zonasining ikkinchi qavatida joylashgan bo‘lib, 427 kv.m maydonni egallaydi. Makon bir vaqtning o‘zida 116 yo‘lovchini sig‘dirishga mo‘ljallangan bo‘lib, 24 soat davomida ishlaydi. Mehmonlar uchun bepul Wi-Fi, alohida hojatxona va yuvinish xonalari, shuningdek, turli xil menyular mavjud. Bolali sayohatchilar uchun yo‘rgaklash stollari va ovqatlantirish uchun kreslolar mavjud.

Zalning operatsion boshqaruvini Baku va Ganja aeroportlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Ozarbayjonning “VIP Services Group” kompaniyasi o‘z zimmasiga oldi. “Uzbekistan Airports” bilan shartnoma E-auksion.uz platformasidagi ochiq savdolar natijasida tuzilgan.

Shuningdek, “Anjir Business Lounge”da O‘zbekiston banklari tomonidan chiqarilgan premium kartalar egalari uchun mo‘ljallangan 45 o‘rinli Mastercard brendi ostidagi launj ham taqdim etilgan. Biznes-zalga kirish “Turkish Airlines” va “Air Astana” birinchi va biznes-klass yo‘lovchilari hamda “Priority Pass”, “LoungeKey”, “DragonPass”, “Every Lounge” kartalari egalari va sodiqlik dasturlari ishtirokchilari uchun ochiq.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi