“Uzbekistan Airports” Toshkent aeroporti binosini kimoshdi savdosiga qo‘ydi

Savdolar 11 va 13-mart kunlari bo‘lib o‘tadi

“Uzbekistan Airports” Toshkent aeroporti binosini kimoshdi savdosiga qo‘ydi

“Uzbekistan Airports” aviakompaniyasi E-auksion.uz platformasida “Toshkent” xalqaro aeroporti va qurilayotgan yuk terminalida binolarni ijaraga olish uchun lotlarni joylashtirdi.

Uchib ketish terminalida turli xil maydonlar mavjud. Ikkinchi qavatda 10 kv.m joy yiliga QQSsiz boshlang‘ich narxi 180 mln so‘m bo‘lgan konsultant-bank xizmatlarini tashkil etish uchun ajratilgan. Shuningdek, xorijiy aviakompaniya vakolatxonasi peshtaxtasi uchun 8 kv.m maydonga ega lot mavjud bo‘lib, ijaraning boshlang‘ich narxi QQSsiz yiliga 96 mln so‘mni tashkil etadi.

Steril hududda xalqaro brend ostidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan 30 kv.m savdo qilinadi. Yillik boshlang‘ich narxi — QQSsiz 540 mln so‘m. Uchib kelish zalida CIP lounge kafe yoki restoran tashkil etish uchun 40 kv.m joylashtirilgan. Ijara yiliga QQSsiz 288 mln so‘mdan boshlanadi.

Aeroport hududida aviatsiya tozalash uchun mo‘ljallangan perronga chiqish imkoniyatiga ega 72,59 kv.m maydonga ega xona taklif etiladi. Ijaraning boshlang‘ich qiymati QQSsiz yiliga 548 mln so‘mni tashkil etadi. Yangi yuk terminalining ma’muriy hududida oshxonani joylashtirish uchun 132,2 kv.m maydonni ijaraga olish mumkin. Boshlang‘ich bahosi – QQSsiz yiliga 237 mln so‘m.

Savdolar 2025-yil 11 va 13-mart kunlari E-auksion.uz saytida bo‘lib o‘tadi. Texnik jihatdan mos keladigan kompaniyalar ishtirok etishi mumkin. Auksion jarayonida boshlang‘ich narxlar kamida 10% ga oshishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi Toshkentda $100 mlnlik yer osti avtoturargohi qurilmoqda
/
Yangi Toshkentda $100 mlnlik yer osti avtoturargohi qurilmoqda
Samarqand viloyatini rivojlantirishga 2026-yilda 5,2 trln so‘m ajratiladi
/
Samarqand viloyatini rivojlantirishga 2026-yilda 5,2 trln so‘m ajratiladi
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishda davom etmoqda