Prezident Administratsiyasida 284 ta shtat qisqartirildi

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi

Prezident Administratsiyasida 284 ta shtat qisqartirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi.

Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.

Endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.

Xususan, Xilola Uktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident farmoni bilan bir nechta davlat idoralari xodimlari lavozimlari o‘zgartirildi
/
Prezident farmoni bilan bir nechta davlat idoralari xodimlari lavozimlari o‘zgartirildi
Markaziy bank “Citibank AS” vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
/
Markaziy bank “Citibank AS” vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
Ma’lumotlarni mahalliylashtirish O‘zbekistonga har yili $4,2 mlrdga tushmoqda
/
Ma’lumotlarni mahalliylashtirish O‘zbekistonga har yili $4,2 mlrdga tushmoqda