O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Turnir Tashkent Lakeside Golf Club maydonchasida Golf federatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda
2026-yil 22-martdan 24-maygacha Toshkentda ADM kompaniyalar guruhi golfni havaskorlar orasida ommalashtirish maqsadida ADM Global Golf Tour turnirini uyushtirmoqda. Ushbu sport turi dunyodagi eng nufuzli va saralangan sport turlaridan biri hisoblanib, mamlakatimizda ham asta-sekin ommalashib bormoqda.
Tadbir o‘zbek golfining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash va milliy sportchilarimizni rivojlantirishga qaratilgan.
Turnir Golf federatsiyasi ko‘magida o‘tkazilib, Tashkent Lakeside Golf Club o‘yin maydonchasi bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘sib kelayotgan avlodga alohida e’tibor qaratilmoqda: ADM bolalar golf akademiyasiga homiylik qilib, yosh o‘yinchilarga sport bilan shug‘ullanish va o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatini taqdim etib kelmoqda.
Musobaqa havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda, bu esa joriy yil Malayziyada bo‘lib o‘tadigan havaskorlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qila oladigan eng kuchli o‘yinchilarni aniqlashga yordam beradi.
Turnirda ADMC Dasan, Youngsan, UNICO Logistics, Taewoong Logistics, Nabeglavi, Kapital, Asialuxe Travel kabi kompaniyalar hamkor sifatida qatnashmoqda.
Ma’lumot uchun:
ADM kompaniyalar guruhi Kia, CHERY, HAVAL, TANK, Changan, Hyundai Truck & Bus avtomobil brendlarining rasmiy distribyutori bo‘lib, yengil va tijorat avtomobillarini mahalliy ishlab chiqarish, sotish, kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatish, logistika xizmatlari, lizing, shuningdek, asl ehtiyot qismlar va aksessuarlarni sotishga ixtisoslashgan. Ushbu kompaniya 2014-yilda tashkil etilgan.
ADM muhim sohaviy va sport tadbirlarining bir qismi bo‘lishga tayyorligini bir necha necha marotaba tasdiqlab kelmoqda. Xususan, xolding delegatsiyasi 31-oktabrdan 8-noyabrgacha Koreya Respublikasining Cheju orolida bo‘lib o‘tgan va butun dunyo bo‘ylab eng kuchli golf ishqibozlarini birlashtirgan World Amateur Golfers Championship 2025 musobaqasida ishtirok etdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ