O‘zbekistonda ulushli qurilishda majburiy eskrou tizimi kechiktirilmoqda

Adliya vazirligi bu haqdagi xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekistonda ulushli qurilishda majburiy eskrou tizimi kechiktirilmoqda

Adliya vazirligi 1-yanvardan yangi qurilayotgan uylardan xonadon xaridi eskrou tizimi orqali amalga oshirilishi bo‘yicha izoh berdi. Taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu kabi xabarlar qonuniy asosga ega emas.

Prezident farmoni bilan uy-joy qurilishi sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlangan.

Adliya vazirligi “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk ob‘yektini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida” qonun loyihasi ni ishlab chiqib, hukumatga kiritgan.

Bunda eskrou tizimini joriy etilishiga old masalalar ham ushbu qonun bilan tartibga solinishi belgilangan.

Qonun loyihasining muhokamasi 30-dekabrda yakunlangan.

Eslatib o’tamiz, O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab ulushli qurilishda eskrou-hisobi tizimi joriy etildi. 2026-yildan boshlab ulushli qurilishni faqat eskrou-hisobvaraqlar orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Iyun oyida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov tizim uchun dasturiy ta’minot allaqachon ishlab chiqilgan bo‘lib, sinovdan o‘tkazilayotganini ma’lum qildi. Raqamli platformani yaratish va sinov loyihaga Rossiyaning DOM.RF kompaniyasi jalb qilinganini qayd etdi.

Undan keyin, vazirlik matbuot kotibi Saidnosir Usmonov eskrou tizimini joriy etish uy-joy narxining oshishiga olib kelmasligiga aytdi. Yangi tizim qurilishning shaffofligini oshirish va loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlashga qaratilgan.

Iyulda O‘zbekiston quruvchilar uyushmasi raisi Mansur Niyozmuhamedov ulushli qurilish sohasida eskrou-hisob raqamlari ommaviy joriy etilgandan so‘ng quruvchilar aylanma mablag‘lar yetishmovchiligiga duch kelishi mumkinligini bildirdi. Yuqori talab saqlanib qolayotgan sharoitda bu bozorda taklif hajmining qisqarishiga va natijada uy-joy narxining oshishiga olib kelishi mumkin.

Niyozmuhamedov developerlarga banklardagi eskrou-hisobda saqlanayotgan ulushdorlarning mablag‘lari hisobidan 0% yoki past foiz stavkasida mablag‘ berishni taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, quruvchilarda loyihani moliyalashtirish qiymati bo‘yicha xavotirlar bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi
/
Rossiyada Telegram’ning $500 mlnlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yildi
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $75,4 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $75,4 mlrdga yetdi
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi
/
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” bosqichma-bosqich xususiylashtiriladi