ACWA Power O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni islomiy moliya orqali qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda

Kompaniya $5 mlrdlik yangi kelishuvni imzolashni ham mo‘ljallamoqda

ACWA Power O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni islomiy moliya orqali qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda

ACWA Power kompaniyasi O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes (KO‘B) rivojiga islomiy moliya vositalari orqali muhim hissa qo‘shishi mumkin. Bu haqda kompaniya rahbari Sumendra Raut Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qildi.

Shariat qoidalariga mos moliyaviy instrumentlar an’anaviy yondashuvlarga nisbatan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashda ko‘proq imkoniyat bera oladi. Biz bu tajribamizni O‘zbekiston bilan bo‘lishishga tayyormiz, — dedi u.

ACWA Power hozirgacha mamlakat bo‘ylab 19 ta energetika loyihasini amalga oshirishga $5 mlrd sarmoya kiritgan va investisiyalarni davom ettirish niyatida.

Biz bu yerda to‘xtab qolmaymiz. Forum doirasida hukumat bilan yana bir $5 mlrdlik yangi kelishuvni imzolashni rejalashtirmoqdamiz, — deya qo‘shimcha qildi Raut.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
/
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi