Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O’zbekistonga 9 mln yevro grant ajratadi
Mablag‘lar “yashil” iqtisodiyotga o‘tish maqsadlari yo‘lida sarflanadi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati o‘rtasida 9 mln yevro miqdoridagi grant mablag‘lari ajratish bo’yicha kelishuv imzolandi.Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Kelishuvga O‘zbekiston hududiy rivojlanish forumi doirasida erishildi. Mablag‘lar yashil master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga yo’naltiriladi.
Shuningdek, mutaxassislar ishtirokida shaharsozlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha tajriba almashildi. Muhokamalar davomida shaharlarda iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish masalalari ko‘rib chiqildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ