8.4.2026 | 16:50
O‘zbekistonda tengedan boshqa barcha valyutalar qimmatlashdi
Markaziy bank 9-aprel uchun yangi kurslarni e’lon qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 9-aprel holatiga xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Dollar kursi 20,5 so‘mga oshib, 12 228,58 so‘mni tashkil etdi. Yevro esa 166,78 so‘mga qimmatlashib, 14 282,98 so‘mga yetdi.
Shuningdek, boshqa valyutalar bo‘yicha kurslar quyidagicha:
- funt sterling — 16 416,87 so‘m (+221,63);
- rubl — 155,96 so‘m (+0,96);
- yuan — 1 790,37 so‘m (+10,09);
- iyena — 77,16 so‘m (+0,69);
- tenge — 25,70 so‘m (-0,67).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ