2026-yilda 82 turdagi xomashyo uchun bojxona boji “nol” stavkada qoldirildi

Shuningdek, import bojxona imtiyozlari 2027-yil 1-yanvargacha uzaytirildi

2026-yilda 82 turdagi xomashyo uchun bojxona boji “nol” stavkada qoldirildi

Ayrim turdagi xom ashyolar uchun bojxona boji “nol” stavkada qo‘llaniladi. Bu prezidentning 19-yanvardagi farmonida ko‘zda tutilgan. Farmon bilan prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, prezidentning 2021-yil 20-oktabrdagi “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import bojxona boji 2027-yil 1-yanvarga qadar “nol” stavkada qo‘llanilishi belgilandi.

Bojxona imtiyozlari ilk bor 2021-yil oktabr oyida joriy etilgan. Biroq ularning amal qilish muddati 2024-yil 1-yanvarda yakunlangan. Oradan ikki yildan ortiq vaqt o‘tgach, import uchun “nol” stavkadagi bojxona bojlari uzaytirildi.

Ro‘yxatga asosan sanoat uchun zarur bo‘lgan 82 turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar kiritilgan. Ular orasida kimyoviy moddalar, pigmentlar, polimer va plastmassalar, to‘qimachilik materiallari, shuningdek, shisha tolali buyumlar, yog‘och materiallari, filtr qog‘oz va texnik komponentlar mavjud.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushishi uchun shaxsiy ma’lumotlar haqidagi qonun o‘zgartirildi
/
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushishi uchun shaxsiy ma’lumotlar haqidagi qonun o‘zgartirildi
Oltin narxi jahon bozorida $4,7 mingdan yuqoriladi
/
Oltin narxi jahon bozorida $4,7 mingdan yuqoriladi
AQSh Qanot Sharq aviakompaniyasiga parvozlar uchun vaqtinchalik ruxsat berdi
/
AQSh Qanot Sharq aviakompaniyasiga parvozlar uchun vaqtinchalik ruxsat berdi