O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalari qayta ko‘rib chiqiladi

Shuningdek, amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 800 ga yaqin qonunchilik hujjatlari “tartibga solish gilotinasi” orqali bekor qilinadi

O‘zbekistonga shaxsiy ehtiyoj uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalari qayta ko‘rib chiqiladi

O‘zbekistonda shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi. Bu 25-noyabr kungi “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi prezident farmonida ko‘zda tutilgan.

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan farmonga ko‘ra, amalda o‘z ahamiyati va dolzarbligini yo‘qotgan 800 ga yaqin qonunchilik hujjatlari “tartibga solish gilotinasi” orqali bekor qilinadi.

Farmon bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik va boshqa sohalardagi ayrim majburiy talablarni qisqartirish, tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi:

  • tadbirkorlar uchun moliyaviy operatsiyalarni E-aktiv tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qilish;
  • ko‘chmas mulkka nisbatan garov huquqini ro‘yxatga olishda davlat xizmati narxini 2 baravarga kamaytirish;
  • shaxsiy ehtiyoj uchun respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish;
  • yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga muqobil hujjatlar asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish imkonini yaratish.

Aprel oyida Vazirlar Mahkamasi jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning yangi me’yorlarini tasdiqlagandi. Unga ko‘ra, 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar uchun shaxsiy ehtiyoj tovarlarini O‘zbekistonga bojsiz olib kirish normalari kamaytirilgandi.

Jumladan, 1-maydan

  • havo transportida ming dollar (bungacha $2 ming edi);
  • temir yo‘l va daryo transportida $500 (ming dollar edi);
  • avtomobil va piyoda o‘tkazish punktlari orqali $300 gacha qiymatdagi tovarlarni shaxsiy ehtiyoj uchun bojsiz olib kirish mumkin etib belgilangan.

Bunda bojxona qiymati belgilangan normadan ortgan taqdirda, cheklangan me’yorlardan ortiq qismiga nisbatan 30 foiz miqdorida yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mozori-Sharifda O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi
/
Mozori-Sharifda O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi
O‘zbekistonda 2026-yilda kartoshka chipslari uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin
/
O‘zbekistonda 2026-yilda kartoshka chipslari uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin
S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
/
S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda