2024-yilda AQSH hukumati o‘zbekistonliklarning 64% dan ortiq viza arizalarini rad etdi

B1/B2 vizalari rad etilishi bo‘yicha O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yetakchiga aylandi

2024-yilda AQSH hukumati o‘zbekistonliklarning 64% dan ortiq viza arizalarini rad etdi

2024-yilda AQSH O‘zbekiston fuqarolarining B1/B2 toifasidagi viza uchun arizalarining 64,41% ini rad etgan. Bu ma’lumotlar AQSH Davlat departamentining hisobotida keltirilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 4,85% punktga yuqori bo‘lib, o‘sha yili rad etish darajasi 59,56% ni tashkil etgan edi.

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha:

  • Turkmaniston — 58,80%;
  • Qozog‘iston — 46,29%;
  • Tojikiston — 45,24%;
  • Qirg‘iziston — 39,14%.

Vizaga rad javobining yuqori darajasi Armaniston (59,46%), Kanada (56,35%) va Eronda (55,54%) ham qayd etilgan. Nisbatan past ko‘rsatkichlar Fransiya (8,50%), Germaniya (10,02%), Yaponiya (5,76%) va ayniqsa BAA — atigi 1,46% kuzatilgan. MDH davlatlari orasida rad etish darajasi Rossiyada 38,56%, Belarusda 28,79%, Ozarbayjonda 21,46% va Ukrainada 33,45%ni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 370 trln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 370 trln so‘mdan oshdi
Tadbirkorlarga tog‘ turizmini rivojlantirish uchun subsidiyalar beriladi
/
Tadbirkorlarga tog‘ turizmini rivojlantirish uchun subsidiyalar beriladi
O‘zbekistonda 1-iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi
/
O‘zbekistonda 1-iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi