Yevroosiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyo uchun $600 mlndan ortiq investitsiya ajratgan

Bankning investitsiya portfeli $14,7 mlrdni tashkil etdi

Yevroosiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyo uchun $600 mlndan ortiq investitsiya ajratgan

O‘tgan yili Yevroosiyo Taraqqiyot Banki (YOTB) $1,7 mlrdlik investitsiya amalga oshirdi, shundan $600 mln Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirlarini yumshatishga yo‘naltirilgan. Bu ma’lumot bank hisobotida keltirilgan.

Bankning umumiy investitsiya portfeli $14,7 mlrdga yetib, $1,2 mlrd miqdoridagi pul «yashil» loyihalarga yo‘naltirilgan. Asosiy investitsiyalar tog‘-kon sanoati, transport va energetika sohalariga qaratilgan bo‘lib, ekologik yo‘naltirilgan tashabbuslarga ustuvorlik berilgan.
2020-2023-yillar oralig‘ida YOTB qayta tiklanuvchi energetika rivojlanishiga $240 mln ajratib, qo‘shimcha 350 MVt quvvatdagi toza elektr energiyasini yaratdi.

2023-yilda «yashil» loyihalarga yo‘naltirilgan investitsiya tufayli issiqxona gazi chiqindilarini 206 ming tonnaga qisqartirgan. Bundan tashqari, bank Qirg‘izistonda Qulanak GES qurilishi uchun $44 mln sarmoya kiritib, mamlakatdagi elektr energiyasi taqchilligini 18% ga qisqartirishga erishdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston 9 oy davomida operatsiyalar hisobi taqchilligi $3,4 mlrd bo‘lgan
/
O‘zbekiston 9 oy davomida operatsiyalar hisobi taqchilligi $3,4 mlrd bo‘lgan
Zominga aviaqatnovlar tiklanmoqda
/
Zominga aviaqatnovlar tiklanmoqda
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqlandi
/
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqlandi