Toshkent viloyatida $60 mlnlik yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarish zavodi barpo etilmoqda

Ohangaron tumanidagi yangi korxona yiliga 25 ming tonna elektrotexnika mahsuloti ishlab chiqaradi

Toshkent viloyatida $60 mlnlik yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarish zavodi barpo etilmoqda

Prezident Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Enco Group tomonidan qurilayotgan yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarish zavodi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Zavod Eltech Industrial texnoparki hududida 21 gektar maydonda barpo etilmoqda. Loyiha Belarusning Energokomplekt kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Uning umumiy qiymati $60 mlnni tashkil etadi. Korxona to‘liq quvvatga chiqqach, 600 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Loyiha ikki bosqichda ishga tushiriladi. Hozirda birinchi bosqich qurilish ishlari 98%ga yakunlanib, $10 mln dan ortiq investitsiya o‘zlashtirilgan. Korxona mahsulotlarini MDH davlatlari, shuningdek Germaniya, Latviya, Estoniya va Bolgariyaga eksport qilishni rejalashtirmoqda. Dastlabki bosqichda eksport hajmi yiliga $140 mln bo‘lishi, keyinchalik esa $300 mln gacha yetishi kutilmoqda.

Mazkur ishlab chiqarish energetika sohasidagi modernizatsiya va elektr uzatish liniyalariga bo‘lgan talab oshishi bilan bog‘liq. O‘tgan yili O‘zbekistonga o‘xshash kabel mahsulotlari va mis shinalar importi qariyb $400 mlnni tashkil etgan. Yangi zavod ishga tushishi bilan $150 mlnlik import o‘rnini bosish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Markaziy Osiyoda bunday yo‘nalishda 12 ta korxona faoliyat yuritmoqda, shundan 4 tasi O‘zbekistonda joylashgan. Tashrif davomida prezidentga mahsulot turini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 327 mingdan ortiq MChJ faoliyat yuritmoqda
/
O‘zbekistonda 327 mingdan ortiq MChJ faoliyat yuritmoqda
O‘zbekistonda 183 turdagi tovarlar uchun import bojlari kamaytiriladi
/
O‘zbekistonda 183 turdagi tovarlar uchun import bojlari kamaytiriladi
2025-yilda muomaladagi banknotalar soni 2 445,7 mln donaga yetdi
/
2025-yilda muomaladagi banknotalar soni 2 445,7 mln donaga yetdi