O‘zbekistonda 6 ta yirik korxonaga ESG hisoboti joriy etiladi

Ro‘yxatda “O‘zbekneftgaz”, “NKMK”, “OKMK”, “Uzairports”, “Uzairways” lar bor

O‘zbekistonda 6 ta yirik korxonaga ESG hisoboti joriy etiladi

Yirik korxonalarda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillari asosida korporativ dasturlar ishlab chiqilib, 6 tasida ESG hisoboti yo‘lga qo‘yiladi. Bu 2025-yil uchun davlat dasturida belgilagan.

Xususan, “Navoiyuran”, “O‘zbekneftgaz”, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”, “Uzairports”, “Uzairways” korxonalari ESG hisobotini taqdim etadi.  

ESG – bu, kompaniya yoki tashkilotning atrof-muhitga, jamiyatga taʼsirini oʻlchash va boshqaruv tamoyillariga rioya qilishini monitoring qilish uchun foydalaniladigan moliyaviy boʻlmagan koʻrsatkichlar hisoblanadi.

Ayni vaqtda farmon jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilib,  “Yashil” iqtisodiyot yo‘nalishida bir necha takliflar berilgan.

Masalan, umumiy quvvati 3,5 GVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini foydalanishga topshirish orqali ularning jami elektr energiyasi iste’molidagi ulushi 26% ga yetkaziladi. 

Chiqindilar utilizatsiyasi, shamol va quyosh manbalaridan ishlab chiqilgan elektr energiyasi uchun “yashil tarif”lar joriy etiladi.

Shuningdek,

  • Yevropa Ittifoqining ishtirokida Buxoro, Namangan, Nukus, Urganch va Gʻuzorda kam uglerodli rivojlanish rejalari ishlab chiqilib, 10 ta ijtimoiy obyektlarning energiya samaradorligi oshiriladi;
  • irrigatsiya va melioratsiya tizimlari obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali 390 ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining suv ta’minoti yaxshilanadi; 
  • 1,8 ming km ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 77 ta ichimlik va oqova suv inshootlarini qurish va ta’mirlash ta’minlanadi;
  • paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirishdan bo‘shagan kamida 100 ming gektar yer maydonlari dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun 200 ming nafar aholiga ijaraga beriladi;

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O’zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O’zbekistonda tengedan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
Oltin narxi dekabr oyidan beri ilk bor $2,7 mingdan oshdi
/
Oltin narxi dekabr oyidan beri ilk bor $2,7 mingdan oshdi
O‘zbekistonda kuniga piyoda 10 ming qadam yurganlarga imtiyozlar belgilanmoqda
/
O‘zbekistonda kuniga piyoda 10 ming qadam yurganlarga imtiyozlar belgilanmoqda