22.10.2025 | 15:07
So‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda investitsiyalar hajmi 2,8 barobar oshdi
Mamlakatda xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi esa $34,5 mlrdni tashkil etmoqda

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–sentabr oylarida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 443,6 trln so‘m miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 15,2% ga, so‘nggi besh yil ichida esa 2,8 barobar oshgan.
Mazkur davrda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi $34,5 mlrdni tashkil etgan.
Xorijiy investitsiya va kreditlarning tarmoqlar kesimidagi ulushi quyidagicha taqsimlangan:
- ishlab chiqarish sanoati — 32,9%;
- elektr va gaz ta’minoti — 18,4%;
- tog‘-kon sanoati — 12,2%;
- qishloq xo‘jaligi — 9,1%;
- suv ta’minoti va kanalizatsiya — 1,8%;
- qurilish sohasi — 6,1%;
- tashish va saqlash — 5,3%;
- axborot va aloqa — 0,9%;
- sog‘liqni saqlash — 1,7%;
- boshqa faoliyat turlari — 11,6%.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ