Namangan viloyatida $4 mlrdlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan

Loyihalar qurilish, elektronika, kimyo, to'qimachilik va oziq-ovqat sanoatini o'z ichiga oladi

Namangan viloyatida $4 mlrdlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan

Namangan viloyatida umumiy qiymati $4 mlrd bo’lgan 47 ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

25 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga umumiy qiymati $2,3 mlrd bo’lgan 17 ta loyiha taqdim etildi.

Investorlar Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA, Frantsiya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Gollandiya, Eron, Pokiston va boshqa mamlakatlarning kompaniyalari bo’lib, qurilish materiallari, elektrotexnika, kimyo, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, tibbiyot, tog’ – kon sanoati, baliqchilik va boshqalar.

Chust tumanida Xitoy bilan hamkorlikda mis qazib olish va qayta ishlash, To’raqo’rg’on tumanida pokistonlik investorlar bilan birgalikda sintetik mato ishlab chiqarish va bo’yashni tashkil etish, shuningdek, travmatologiya markazini Avstriya kompaniyasi bilan birgalikda jihozlash ko’zda tutilgan. Hammasi bo’lib 47 ta loyihani amalga oshirish 40 mingdan ortiq ish o’rinlarini yaratishga imkon beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
/
MobiUz 2025-yilda 173,6 mlrd so‘m qiymatidagi sof daromadga ega bo‘ldi
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
/
Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi