3.7.2024 | 16:17
O’zbekistonda dollar kursi yana ko’tarila boshladi
Markaziy bank tomonidan 4 iyul kuniga yangi xorijiy valyuta kurslari o'rnatildi

Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O’zbekiston Markaziy banki tomonidan 4 iyul kuni O’zbekiston so’miga nisbatan xorijiy valyutalarning yangi kurslari e’lon qilindi.
Dollar kursi 12 584,05 so’mni (+12,15) tashkil etdi, yevro ham 69,64 so’mga ko’tarilib 13 535,40 so’mni tashkil etdi.
Boshqa xorijiy valyutalar bo’yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo’ldi:
- funt sterling — 15 977,97 so’m (+95,89);
- rubl — 143,80 (-0,03);
- Xitoy yuani — 1 730,12 so’m (+1,17);
- Yaponiya iyenasi — 77,74 so’m (-0,02);
- Qozog’iston tengesi — 26,61 so’m (0,00).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ