Yil oxirigacha 35 trln so‘mlik davlat aktivlari xususiylashtiriladi

Davlat ulushini 15% gacha kamaytirish uchun 67 ta yirik korxona, 1000 ta obyekt va 3,5 ming gektar yer xususiy sektorga taklif etiladi

Yil oxirigacha 35 trln so‘mlik davlat aktivlari xususiylashtiriladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Sohibjon Murodovning “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusiga ko‘ra, iqtisodiyotdagi davlat ulushini 15% gacha kamaytirish uchun 67 ta yirik korxona qo‘shimcha ravishda xususiylashtiriladi, 1000 ta ko‘chmas mulk obyekti xususiy sektorga sotiladi hamda tadbirkorlik faoliyati uchun 3,5 ming gektar yer auksionga chiqariladi.

Uning ta’kidlashicha, tadbirkorlar bilan muloqotlar va so‘rovlar davomida ko‘plab takliflar kelib tushgan. Jumladan, yer uchastkalarini ruxsatnoma hujjatlari tayyor bo‘lgan holda tayyor biznes-loyihalar asosida taqdim etish taklifi ilgari surilgan.

Yig‘ilishda davlat rahbari yil oxirigacha 35 trln so‘mlik davlat mulkini sotish hamda 13,5 trln so‘m tushum ta’minlashni topshirdi. Shundan 12 trln so‘m davlat byudjetiga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, xususiylashtirish jarayonlarida hududiy hokimliklarning mas’uliyatini kuchaytirish vazifasi qo‘yildi. Tuman hokimliklari o‘z hududidagi har bir sotilayotgan obyekt bo‘yicha investorlarni jalb qilish va xaridorlarni qo‘llab-quvvatlashga mas’ul bo‘ladi.

Bundan tashqari, foydalanilmayotgan maydonlarni bo‘shatish va optimallashtirish hisobiga qariyb 5 mln kvadrat metr ko‘chmas mulk sotuv yoki ijara uchun auksionga chiqariladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalarini 12,25% stavkada joylashtirdi
/
O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalarini 12,25% stavkada joylashtirdi
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari savdoga chiqarildi
/
Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan esdalik tangalari savdoga chiqarildi
Yangi bojxona mexanizmi orqali $500 mln investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda
/
Yangi bojxona mexanizmi orqali $500 mln investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda