«Asakabank» va Biznesni rivojlantirish banki $3,5 mlrddan ko’proq mablag’ jalb qiladi

Mablag'lar kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash loyihalariga yo'naltiriladi

«Asakabank» va Biznesni rivojlantirish banki $3,5 mlrddan ko’proq mablag’ jalb qiladi

«Asakabank» bu yil o’z loyihalarini amalga oshirish uchun $2,1 mlrd jalb qiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bank allaqachon farmatsevtika va avtomobilsozlik sanoatida $3 mlrdlik loyihalarni tayyorlagan. Shuningdek, u 285 ming kishini biznes tashabbuslarini qo’llab-quvvatlab, tadbirkorlikka jalb qilishni rejalashtirmoqda. 

Bundan tashqari, biznesni rivojlantirish banki tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash dasturlari va investitsiya loyihalari uchun $1,5 mlrd jalb qiladi, shundan $225 mln xalqaro moliya institutlaridan keladi. Ushbu mablag’larni o’zlashtirish natijasida yil oxiriga qadar 47 mingdan ortiq mikroproyektlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Aholining biznes g’oyalarini moliyalashtirish 380 ming yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini yo’lga qo’yishga imkon beradi. Bankning o’quv dasturlari 70 mingdan ortiq kishini qamrab oladi. Davlatning faol tashqi siyosati sheriklar va xalqaro tashkilotlar bilan ko’plab kelishuvlarga olib keldi. Xususan, «Asakabank» ishtirokida $772 mlnlik 87 ta investitsiya loyihasi, biznesni rivojlantirish banki tomonidan esa $485 mlnlik 45 ta loyiha amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda oilaviy poliklinika ishchilarining bazaviy oyligi oshiriladi
/
O‘zbekistonda oilaviy poliklinika ishchilarining bazaviy oyligi oshiriladi
Sog‘liqni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
/
Sog‘liqni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun tushmoqda