O‘zbekistonda 327 mingdan ortiq MChJ faoliyat yuritmoqda

Tijorat tashkilotlarining qariyb 79%ini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etadi

O‘zbekistonda 327 mingdan ortiq MChJ faoliyat yuritmoqda

2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 415,2 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan 327,5 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) bo‘lib, umumiy korxonalar sonining 78,9%ini tashkil etadi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

  • mas’uliyati cheklangan jamiyatlar — 327 495 ta (78,9%);
  • xususiy korxonalar — 47 179 ta (11,4%);
  • oilaviy korxonalar — 36 440 ta (8,8%);
  • aksiyadorlik jamiyatlari — 634 ta (0,1%);
  • boshqa shakldagi korxonalar — 3 436 ta (0,8%).

Statistikaga ko‘ra, mamlakatda tadbirkorlik subyektlari orasida aynan MChJ shakli eng ommabop tashkiliy-huquqiy model bo‘lib qolmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturini tasdiqladi
/
Prezident “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturini tasdiqladi
Toshkent viloyatida $60 mlnlik yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarish zavodi barpo etilmoqda
/
Toshkent viloyatida $60 mlnlik yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarish zavodi barpo etilmoqda
O‘zbekistonda 183 turdagi tovarlar uchun import bojlari kamaytiriladi
/
O‘zbekistonda 183 turdagi tovarlar uchun import bojlari kamaytiriladi