27.3.2026 | 16:29
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sdi
Markaziy bank 30-mart uchun yangi valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 30-mart holatiga xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, AQSh dollari kursi 15,63 so‘mga oshib, 12 195,50 so‘mni tashkil etdi. Yevro esa aksincha 30,71 so‘mga arzonlab, 14 049,22 so‘mga tushdi.
Boshqa valyutalar bo‘yicha kurslar quyidagicha shakllandi:
- funt sterling — 16 228,5 so‘m (-36,45);
- rubl — 149,71 so‘m (+1,19);
- yuan — 1 765,39 so‘m (+1,93);
- iyena — 76,28 so‘m (-0,09);
- tenge — 25,23 so‘m (-0,02).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ