O‘zbekistonda so‘nggi uch yil davomida 40 ta loyihaga 63,4 mlrd so‘m subsidiya ajratildi

Ularning 19 tasi 2023-yilda amalga oshirilgan bo‘lib, 26,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan

O‘zbekistonda so‘nggi uch yil davomida 40 ta loyihaga 63,4 mlrd so‘m subsidiya ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi PF-53-сон Farmoniga muvofiq 2022-yil 1-fevraldan 2025-yil 1-yanvarga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirgan korxonalarga, mazkur loyihalar doirasida xarid qilingan uskunalar qiymatining 10% i, biroq $500 ming ekvivalentidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratish tizimi joriy qilingan. 

Mazkur Farmonga asosan Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 40 ta loyihaga 63,4 mlrd so‘m miqdorida subsidiya berildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Jumladan, 2023-yilda 19 ta loyihaga 26,6 mlrd so‘m, 2024-yilda 15 ta loyihaga 24,5 mlrd so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari ajratilgan. Shuningdek, joriy yilda 6 ta loyihaga 12,3 mlrd so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari berildi.  

Ushbu korxonalar tomonidan 2023-2024 yillarda $517,8 mln miqdorida eksport amalga oshirilgan bo‘lib, 28 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi mini GESlarni ishga tushiradi
/
Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi mini GESlarni ishga tushiradi
ILMA “TBC Sugu’rta” ga litsenziya berdi
/
ILMA “TBC Sugu’rta” ga litsenziya berdi
ILMA “Asterium” kompaniyasiga kripto-bozor faoliyati uchun litsenziya berdi
/
ILMA “Asterium” kompaniyasiga kripto-bozor faoliyati uchun litsenziya berdi