Surxondaryoda 3 ta yangi sayyohlik markazi tashkil etiladi

Markazlar Boysun, Sariosiyo va Jarqo‘rg‘on tumanlarida tashkil qilinishi rejalashtirilgan

Surxondaryoda 3 ta yangi sayyohlik markazi tashkil etiladi

Surxondaryoning tog‘li hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 3 ta turistik ob’yektlar quriladi. Bu haqida Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, Boysun tumani hududida 220,5 gektar maydonda “Omonxona” turistik markazi, Sariosiyo tumani hududida 615 gektarlik “Sangardak” turistik markazi va Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oqtepa” suv omborining qirg‘oq bo‘yi hududidagi 110 gektar yer uchastkasida “Obihayot” turistik markazi tashkil qilish rejalashtirilgan. 

“Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish maqsadida davlat muassasasi sifatida maxsus tashkilot – Turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish direksiyasi tuziladi.

Shuningdek, turistik markazlar hududlarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalari mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi. 

Xususiy investisiyalarni jalb qilgan holda 2025–2027 yillarda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, xizmat ko‘rsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida bo‘sh yer uchastkalari 10 yil muddatda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“UzAuto Motors” “Cobalt” rusumidagi avtomobillarga qayta kontraktatsiya e’lon qildi
/
“UzAuto Motors” “Cobalt” rusumidagi avtomobillarga qayta kontraktatsiya e’lon qildi
O‘zbekistonga qancha chet ellik sayohat uchun kelgani aniqlandi
/
O‘zbekistonga qancha chet ellik sayohat uchun kelgani aniqlandi
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka oshdi 
/
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka oshdi