Yunusobod dehqon bozori o’rnida 3 qavatli ekobozor quriladi

Uning yerosti qismi esa avtoturargohga aylantiriladi

Yunusobod dehqon bozori o’rnida 3 qavatli ekobozor quriladi

Toshkent shahridagi Yunusobod dehqon bozorini keygaytirish maqsadida hozirgisining o‘rnida uch qavatli ekobozor quriladi. Bu haqida Prezident matbout xizmati xabar berdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 11-dekabr kuni qurilish va obodonlashtirish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra, avvalo, asliyat saqlab qolinib, quriladigan bino yonida qo‘shimcha savdo markazi hamda zargarlik uyi barpo etiladi. 

Binolarning yerosti qismi esa mingdan ortiq sig’imga ega avtoturargohga aylantiriladi. Shuningdek, yangi ekobozorda jami 4-5 ming ish o‘rni ochilishi ham rejalashtirilmoqda. 

Qurilish sababli bozor faoliyatini to‘xtatib qo‘ymaslik masalasi mutasaddilarga topshirilgan. 

Bundan tashqari, poytaxtdagi Abdulla Qodiriy bog‘i, “Do‘stlik” bog‘i  obodonlashtirilib, yashil hududlar ko‘paytiriladi. “Navro‘z” bog‘ida esa tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxona, yopiq sport maydonchasi, restoran, konferensiya zali bunyod qilish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, Nurafshon va Namangandagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘lari yonida turizm markazlari tashkil qilinadi. Ularda Sharq bozori, hunarmandchilik joylari, amfiteatr, favvora va boshqa qurilmalar bo‘ladi. Daraxtlar ekilib, yashil hudud kengaytiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
/
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
/
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilmoqda
/
Tailand elektron vizasini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilmoqda