2.4.2026 | 16:28
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sa boshladi
Markaziy bank 3-aprel uchun xorijiy valyutalarning yangi kurslarini belgiladi
Фото: Артём Левин / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 3-aprel uchun yangi kurslarini e’lon qildi.
Dollar kursi 7,74 so‘mga qimmatlab, 12 149,84 so‘mni tashkil etdi. Yevropa valyutasi esa 76,07 so‘mga arzonlashib, 14 003,91 so‘mga tushdi.
Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha belgilangan kurslar ham ma’lum bo‘ldi:
- funt sterling — 16 040,22 so‘m (-100,27);
- Rossiya rubli — 151,10 so‘m (+0,57);
- Xitoy yuani — 1 762,20 so‘m (-4,0);
- Yaponiya iyenasi — 76,14 so‘m (-0,36);
- Qozog‘iston tengesi — 25,69 so‘m (+0,14).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ