OTB O’zbekistonda iqlim o’zgarishidagi harakatlar dasturi uchun $250 mlnlik kredit ajaratadi

Dastur OTBning Oʻzbekiston boʻyicha  hamkorlik strategiyasiga mos keladi

OTB O’zbekistonda iqlim o’zgarishidagi harakatlar dasturi uchun $250 mlnlik kredit ajaratadi

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonning iqlim oʻzgarishi boʻyicha institutsional asoslarni mustahkamlash va oʻzaro taʼsirini kuchaytirish boʻyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun $250 mlnik kredit bo’yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda OTB rasmiy sahifasida xabar berdi.

Ushbu dastur 2030-yilgacha yashil iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha strategik asosga va OTBning Oʻzbekiston boʻyicha 2024–2028 yillardagi hamkorlik strategiyasiga mos keladi.

“Dastur iqtisodiyotning karbonsizlanishi va tabiiy ofatlar hamda iqlim o‘zgarishiga chidamliligini ta’minlash, ayni paytda aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat beradi”, — dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston OTBga 1995-yilda a’zo bo‘lgan va bank mamlakat uchun farovon, inklyuziv, mustahkam va barqaror kelajakka erishish uchun $12,5 mlrd miqdorida kreditlar, grantlar va texnik yordam ajratgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Nvidia” va AMD Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini sotishdan tushadigan daromadning 15%ni AQShga berishadi
/
“Nvidia” va AMD Xitoyga sun’iy intellekt chiplarini sotishdan tushadigan daromadning 15%ni AQShga berishadi
Toshkent viloyatidagi “Uch Qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
/
Toshkent viloyatidagi “Uch Qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi
/
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yuboradi