2026-yilda O‘zbekistonda kamida 250 ming xodim faoliyati legallashtiriladi

Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha yangi tizim orqali ish o‘rnini “soyadan chiqarish” choralarini ko‘riladi

2026-yilda O‘zbekistonda kamida 250 ming xodim faoliyati legallashtiriladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kungi videoselektor yig‘ilishida ish o‘rinlarini legallashtirish va bandlikning katta qismini “soyadan chiqarish” masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

Davlat rahbari mahallalarda hokim yordamchisi, soliq inspektori tushuntirish ishlarini olib borishi, manzilli ishlab, kelasi yilda kamida 250 mingta xodimni legallashtirishi muhimligini qayd etdi.

U yaqinda ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha farmon imzolanganini eslatdi, unga muvofiq, xususiy sektordagi ishchilarga ham kasallik va dekret pulini davlat to‘lab beradi. Prezident bu ham “soyadan chiqib”, rasmiy ishlash uchun katta turtki bo‘ladigan muhim mexanizm ekanini ta’kidladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va viloyat hokimlariga bu tizimni samarali ishlatib, kelgusi yilda 100 ming, 2027-yilda yana 200 ming ish o‘rnini “soyadan chiqarish” choralarini ko‘rish topshirildi.

Umuman, mahalladagi odamlar qachon pul kelishi, qanaqa o‘zgarishlar bo‘lishi, qancha ish o‘rni yaratilib, qancha oilaning daromadi oshishini bilishi kerak, – dedi Prezident.

Shu bois, mutasaddilarga bu ishlarni nazorat qiladigan onlayn platformani ishga tushirish topshirildi.

“2026-yilda loyihaviy yondashuv asosida hududlarda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish” bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.

Yana bir marta takrorlayman, ulkan maqsadlarni mablag‘i bilan boshlayapmiz. Vazirlar, ularning hududiy boshqarma va bo‘limlari, viloyat va tuman hokimlari, eng asosiysi, “mahalla yettiligi” ishga qattiq kirishmasa, o‘zgarish bo‘lmaydi, – dedi davlat rahbari.

Bosh vazirga qayd etilgan topshiriqlarni vazir va hokimlarga 2026-yil uchun samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) sifatida belgilab berish topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yevropaning ASEE kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kiradi
/
Yevropaning ASEE kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kiradi
O‘zbekiston ipoteka portfelini $56 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston ipoteka portfelini $56 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda
YTTB “Toshkent quvurlar zavodi” ga $20 mln ajratadi
/
YTTB “Toshkent quvurlar zavodi” ga $20 mln ajratadi