24.3.2026 | 16:37
O‘zbekistonda barcha asosiy valyutalar qimmatlashdi
Markaziy bank 25-mart uchun yangi valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 25-mart sanasiga xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
AQSh dollari 3,94 so‘mga oshib, 12 196,00 so‘mni tashkil etdi. Yevro esa 144,78 so‘mga qimmatlashib, 14 141,26 so‘mga yetdi.
Shuningdek, boshqa valyutalar bo‘yicha kurslar quyidagicha shakllandi:
- Britaniya funt sterlingi — 16 346,30 so‘m (+149,15);
- Rossiya rubli — 151,74 so‘m (+8,74);
- Xitoy yuani — 1 770,08 so‘m (+3,24);
- Yaponiya iyenasi — 76,88 so‘m (+0,28);
- Qozog‘iston tengesi — 25,30 so‘m (+0,04).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ