“Yandex Uzbekistan” direktori taksichilarga joriy etilayotgan hududiy cheklovlarga munosabat bildirdi

Uning ta’kidlashicha, Toshkent shahrining o‘zida 23 ming nafar haydovchi ishsiz qolishi mumkin

“Yandex Uzbekistan” direktori taksichilarga joriy etilayotgan hududiy cheklovlarga munosabat bildirdi

O‘zbekistonda taksi haydovchilari uchun joriy etilayotgan hududiy cheklovlar jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. “Yandex Uzbekistan” kompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Sardor Qodirovning ma’lum qilishicha, ushbu tartib natijasida faqat Toshkent shahrining o‘zida 23 ming nafar haydovchi ishsiz qolish xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida bayonot bergan.

O‘zbekistonda bir millionga yaqin haydovchi bor. Bu – ish o‘rni, barqaror daromad va yuz minglab odamlarning tirikchiligi. 2-apreldan kuchga kirgan yangi tartibga ko‘ra, taksi haydovchilari faqat mashinasi ro‘yxatdan o‘tgan viloyatda yoki unga tutash hududlarda ishlashi mumkin. Ya’ni viloyatdagi taksist Toshkentda ishlay olmaydi. Faqat poytaxtning o‘zida 23 ming haydovchi ishsiz qolishi mumkin, – deyiladi xabarda.

Uning ta’kidlashicha, yangi tartib tirbandlikni ham kamaytirmaydi.

Toshkent ko‘chalarida bir vaqtda 900 mingga yaqin mashina, ularning atigi 12–30 ming tasi – taksi, 2 ming tasi — avtobus. Taksi — shaxsiy avtomobilga nisbatan 3 barobar samaraliroq transport. Uni kamaytirish tirbandlikni emas, yolg‘iz yuradigan mashinalar sonini oshiradi, — deya qo‘shimga qilgan Sardor Qodirov.

Avvalroq Xalq demokratik partiyasi Vazirlar Mahkamasining avtomobil tashish xizmatlariga litsenziyalarni taqdim etish transport vositasining hududiy kodiga qarab berilishi haqidagi qarorini Konstitutsiyaga zid deb topgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
/
Uztelecom 1 000 dan ortiq baza stantsiyalarini modernizatsiya qildi va butun mamlakat bo‘ylab 5G tarmog‘ini qurmoqda
Sigaret xaridida naqd pulni taqiqlash: tezlashtirilgan raqamlashtirishmi yoki byudjet uchun xavfmi?
/
Sigaret xaridida naqd pulni taqiqlash: tezlashtirilgan raqamlashtirishmi yoki byudjet uchun xavfmi?
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi
/
Toshkentda pullik avtoturargohlar tarmog‘i kengaytiriladi