YeOTB: 2033-yilda O‘zbekistonda islom banki aktivlari qariyb $6,3 mlrdga yetadi

Prognozga ko‘ra, respublika mintaqada Qozog‘istondan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi

YeOTB: 2033-yilda O‘zbekistonda islom banki aktivlari qariyb $6,3 mlrdga yetadi

2033-yilga kelib O‘zbekistonda islomiy banking aktivlari hajmi deyarli $6,3 mlrdga yetishi mumkin. Bu ma’lumot Yevroosiyo taraqqiyot bankining (YeOTB) boshlang‘ich prognozidan ma’lum bo‘ldi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat mintaqada Qozog‘istondan keyingi o‘rinni egallaydi. Shu bilan birga, sukuk (islomiy obligatsiyalar) aktivlari $1,8 mlrddan oshib ketadi.

Hisobotda Markaziy Osiyoda islomiy moliyaning o‘sish salohiyati yuqori ekanligi ta’kidlangan. Bu aholi sonining ko‘payishi va bunday mahsulotlar haqidagi xabardorlikning oshishi bilan bog‘liq. Taxminlarga ko‘ra, 2028-yilga borib mintaqadagi islomiy banking aktivlari hajmi $2,5 mlrdga, 2033-yilga kelib esa qariyb $6,3 mlrdga yetadi. Sukuk aktivlari 2028-yilda $2,1 mlrdga, 2033-yilga kelib esa $5,6 mlrdga o‘sadi.

Hozirgi kunda O‘zbekiston islomiy moliyani rivojlantirish bo‘yicha Qozog‘istondan orqada, biroq huquqiy asos yaratilishi bilan vaziyat o‘zgarishi mumkin. 2028-yilga kelib mamlakatda islomiy banking aktivlari $1,1 mlrdgacha, sukuk aktivlari esa 2033-yilga borib $600 mlndan $1,9 mlrdgacha o‘sishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
/
Vengriya kompaniyasi O‘zbekistondagi AESlarda quruq sovitish texnologiyalarini joriy etadi
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
/
Toshkentda uy-joy daromadi yillik 6,2% ga tushdi
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi
/
2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi $24,6 mlrdni tashkil etdi