O‘zbekistonda 2030-yilga qadar aviaparvozlar soni 200 mingtaga yetkaziladi

2026-yildan boshlab “O‘zaviatsiya” agentligiga davlat budjetidan pul ajratilmaydi

O‘zbekistonda 2030-yilga qadar aviaparvozlar soni 200 mingtaga yetkaziladi

Fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi. U sohani rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilaydi.

Hujjatga ko‘ra, 2030-yilgacha fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • havo transportida xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonini 24 mln nafarga yetkazish;
  • xalqaro va mahalliy yo‘nalishdagi parvozlar sonini 200 mingtaga yetkazish;
  • O‘zbekiston rezident aviakompaniyalari havo kemalari parkini 180 taga yetkazish;
  • Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilish ishlarining 1-bosqichini amalga oshirish.

Bundan tashqari, fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligini ta’minlash sohasida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO)ning 8 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan talablari bajarilishini o‘rtacha 85% ga yetkazish rejalashtirilmoqda.

2026-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zaviatsiya” agentligini saqlash uchun davlat budjetidan ajratmalar bekor qilinadi.

2025-yil yakuni va kelgusi yillar uchun “O‘zaeronavigatsiya” markazi sof foydasidan Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan 20% ajratma bekor qilinadi.

Transport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak:

  • bir oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida davlat siyosatini yuritish ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi;
  • bir oy muddatda — O‘zbekiston Respublikasining havodagi harakatni boshqarish — tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi;
  • ikki oy muddatda — uchuvchilar va bort kuzatuvchilarini tayyorlash o‘quv yurtini tashkil qilish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi.

Farmonda keltirilishicha, 2026-yil 1-oktabrga qadar ICAO talablaridan kelib chiqib, xorijiy tajriba asosida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Havo kodeksi loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda minimal aliment 715 ming so‘mga oshirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda minimal aliment 715 ming so‘mga oshirilishi mumkin
Soliq qarzdorligi uchun elektr uchun to‘lov cheklanish tartibi 6 oy sinovdan o‘tkaziladi
/
Soliq qarzdorligi uchun elektr uchun to‘lov cheklanish tartibi 6 oy sinovdan o‘tkaziladi
O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini $2 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini $2 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda