2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi

Xususan, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlariga yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi

2030-yilgacha mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish hajmini keskin oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, yillik yo‘lovchi oqimi 10,5 mlndan 23,5 mln nafargacha yetkazilishi, elektr poyezdlar yo‘nalishlari esa 40 tadan 53 tagacha kengaytirilishi rejalashtirilgan.

Qarorda Transport vazirligi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ zimmasiga temir yo‘l yo‘lovchi tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. Xususan, 2026-yildan boshlab elektrlashtirish ishlari yakunlangan 465 km uzunlikdagi Buxoro–Xiva temir yo‘l liniyasi orqali Toshkent–Urganch–Xiva yo‘nalishida yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 196 km uzunlikdagi Miskin–Nukus temir yo‘l liniyasini 2026-yil yakunigacha to‘liq elektrlashtirish va ushbu yo‘nalishda zamonaviy elektropoyezdlar qatnovini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

2030-yilgacha Andijon, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlariga yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, Angren–Pop hamda Toshg‘uzor–Boysun–Qumqo‘rg‘on temir yo‘l uchastkalari bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
/
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
Yangi Toshkentda $100 mlnlik yer osti avtoturargohi qurilmoqda
/
Yangi Toshkentda $100 mlnlik yer osti avtoturargohi qurilmoqda
Samarqand viloyatini rivojlantirishga 2026-yilda 5,2 trln so‘m ajratiladi
/
Samarqand viloyatini rivojlantirishga 2026-yilda 5,2 trln so‘m ajratiladi