2028-yilgacha mamlakatda irrigatsiya tizimi rekonstruksiyasi uchun $300 mln investitsiya kiritiladi

Shuningdek, davlat byudjetidan har yili 1,3 trln so‘m ajratiladi

2028-yilgacha mamlakatda irrigatsiya tizimi rekonstruksiyasi uchun $300 mln investitsiya kiritiladi

O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028-yillarga mo‘ljallangan dasturi qabul qilindi.

Unga ko‘ra, irrigatsiya tarmoqlarining 2,5 km qismini rekonstruksiya qilish uchun har yili Davlat byudjetidan kamida 1,3 trln so‘m ajratish va xalqaro moliya institutlari mablag‘laridan $300 mln o‘zlashtirish belgilandi.

Suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan maydonlar hajmini 424 ming gektardan 276 ming gektargacha qisqartiriladi.

Qaror bilan Suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika suv kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Bundan tashqari, 2025-yil yakuniga qadar belgilangan 15 ta nasos stansiyasiga muqobil energiya manbalari (quyosh panellari) hamda energiya tejamkor qurilmalarni o‘rnatish loyihasi amalga oshiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Davlat ulushi bo‘lmagan korxonalar eksport qarzdorligidan vaqtincha ozod qilinadi
/
Davlat ulushi bo‘lmagan korxonalar eksport qarzdorligidan vaqtincha ozod qilinadi
O‘zbekistonda 2026-yilda sanoat infratuzilmasi uchun 2,1 trln so‘m ajratiladi
/
O‘zbekistonda 2026-yilda sanoat infratuzilmasi uchun 2,1 trln so‘m ajratiladi
Toshkent viloyatida 10-sentabrdan issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi
/
Toshkent viloyatida 10-sentabrdan issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi