O‘zbekiston va Qozog‘iston 2027-yilda yangi temir yo‘l liniyasini ishga tushiradi

Loyiha qiymati $500 mlndan ortiq, temiryo‘l eksport yuk tashish hajmini oshirishga yordam beradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston 2027-yilda yangi temir yo‘l liniyasini ishga tushiradi

O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan yangi temir yo‘l liniyasi 2027-yilda ishga tushiriladi va u eksport yuk tashish hajmini oshirishga yordam beradi. Bu haqda xalqaro axborot agentligi «Kazinform» xabar berdi.

Mazkur yo‘nalishning qurilishi mavjud Sariog‘och — Toshkent temir yo‘l uchastkasidan yuk oqimini yangi liniyaga yo‘naltirishga, «Sariog‘och» stansiyasining yuklamasini  kamaytirishga va O‘zbekistonga eksport hajmini oshirishga imkon beradi.

Umumiy investitsiya hajmi 286 mlrd tenge ($545,6 mln) bo‘lgan loyiha «Qazaqstan temir joly» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Ushbu kompaniya «Samruk-Qazina» tarkibiga kiradi. Qurilish davrida 3,4 ming vaqtinchalik va 500 dan ortiq doimiy ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi