2026-yilda O‘zbekistonda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda

Shuningdek, $165 mlrdlik 377 ta strategik loyiha alohida nazoratga olinishi ma’lum qilindi

2026-yilda O‘zbekistonda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilmoqda

13-fevral kuni tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiya loyihalarini tanlashda eksport salohiyati va qo‘shilgan qiymatni oshirish ustuvor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda $50 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Davlat rahbari yangi loyihalar xomashyo va energiya resurslaridan samarali foydalanishga, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratishga hamda eksportbop mahsulot ishlab chiqarishga xizmat qilishi zarurligini qayd etdi.

Yig‘ilishda ayrim hududlarda ichki bozor allaqachon to‘yingan yo‘nalishlarda yangi korxonalar taklif qilinayotgani tanqid qilindi. Jumladan, Uchqo‘rg‘on tumanida $40 mlnlik ip-kalava zavodlari qurish tashabbusi keltirildi, holbuki Namangan viloyatida yiliga 110 ming tonna ip-kalava ishlab chiqaradigan 24 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ohangaron tumanida bazalt plitalari ishlab chiqarish rejalari ham bozor talabiga mos kelmasligi ta’kidlandi — respublikada 12 ta shunday korxona mavjud bo‘lib, ulardan bir qismi sotuvga qo‘yilgan yoki faoliyatini to‘xtatgan.

Shuningdek, ayrim hududlarda investitsiya samaradorligi pastligi qayd etildi. Masalan, Sirdaryoda $10 investitsiya atigi $1 lik qo‘shilgan qiymat bermoqda, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryodagi ayrim loyihalarda ham shunga o‘xshash holatlar kuzatilgan.

Mutasaddilarga 2026-yilgi investitsiya dasturiga kiritiladigan loyihalarning bozori, eksport salohiyati, yaratiladigan qo‘shilgan qiymati va ish o‘rinlari to‘liq tahlil qilinishi topshirildi. Investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi tizimiga o‘tilib, har bir loyiha ishga tushirilgach uch yil davomida monitoring qilinadigan “Yagona milliy loyiha boshqaruvi” platformasi yaratiladi.

O‘tgan yili texnik-iqtisodiy asoslar, moliyalashtirish, infratuzilma va yer masalalarining o‘z vaqtida hal etilmagani sababli 55 ta yirik loyiha kechikkan. Shu bois, joriy yilda qiymati $165 mlrdlik 377 ta strategik loyiha alohida nazoratga olinishi belgilandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori 0,6%gacha sekinlashdi
/
Toshkentda ikkilamchi uy-joy bozori 0,6%gacha sekinlashdi
Yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellari savdosi boshlandi
/
Yangi Chevrolet Damas Max va Damas Move modellari savdosi boshlandi
Raqobat qo‘mitasi Ramazon arafasida savdo tarmoqlarini narxlar barqarorligi bo‘yicha ogohlantirdi
/
Raqobat qo‘mitasi Ramazon arafasida savdo tarmoqlarini narxlar barqarorligi bo‘yicha ogohlantirdi