2025-yilda O‘zbekistonda $5,2 mldlik loyihalar xalqaro moliya institutlari hisobidan amalga oshiriladi
Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki $1,1 mlrd, Islom taraqqiyot banki esa $1 mlrd ajratmoqda
Prezident matbout xizmati
2025-yilda O‘zbekistonga xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan $5,2 mldlik ishlar bajarilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident matbout xizmat ma’lum qildi.
Unga kora, joriy yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan $1,1 mlrd, Islom taraqqiyot banki bilan esa $1 mlrdlik loyihalarni amalga oshirish belgilangan.
Mutasaddilarga ushbu 2 ta xalqaro bank bilan yaqindan ishlab, tumanma-tuman yurib, tadbirkorlar bilan davlat kafolatisiz qilish mumkin bo‘lgan loyihalarni ko‘paytirish topshirildi. Ularga aniq mas’ullar biriktiriladi, mablag‘ jalb qilishda tadbirkorlarga ko‘maklashiladi.
Shuningdek, investitsiyalarni o‘zlashtirishda haligacha byurokratiya ko‘pligi tanqid qilindi.
Shu munosabat bilan Bosh vazir boshchiligida moliya institutlari bilan ishlash bo‘yicha alohida Favqulodda shtab tashkil qilinishi belgilandi. Shtab har bir loyihani ichiga kirib, aniq ishlarni amalga oshiradi, har hafta loyihama-loyiha muhokama o‘tkazadi.
Bundan tashqari, 2025-yilda bir qator vazifalar belgilandi
Xususan:
- eksport $30 mlrddan oshiriladi
- faqat eksportga yo‘naltirilgan erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi. Birinchi zona Namanganda tuzilib, to‘qimachilikka ixtisoslashadi.
- eksportchilarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun alohida Faktoring tashkiloti ochilib, unga $100 mln ajratiladi.
- korxonalarning xalqaro sertifikat talablariga moslashish xarajatlarining $20 minggacha qismi qoplab beriladi.
- Rivojlanish va tadqiqot markazlari uchun olib kelinadigan laboratoriya jihozlari bojxona bojlaridan ozod qilinadi. Xalqaro marketpleyslar orqali mahalliy mahsulotlarni ilgari surish uchun $2 mln yo‘naltiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ