2025-yil oxirida O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish 6,3% ga yetdi

Yarim yil ichida ko‘rsatkich 0,6% bandga oshdi, biroq mamlakat hanuz global o‘rtacha darajadan past

2025-yil oxirida O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalanish 6,3% ga yetdi

Microsoft AI Economy Institute tahliliy hisobotiga ko‘ra, 2025-yilning ikkinchi yarmi yakunida O‘zbekistonda generativ sun’iy intellekt (SI) vositalaridan foydalanayotgan aholi ulushi 6,3% ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich yilning birinchi yarmidagi 5,7% ga nisbatan 0,6% bandga oshgan.

Shu bilan birga, mamlakatdagi SI penetratsiyasi darajasi hali ham jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha past. 2025-yil oxiriga kelib dunyo bo‘yicha bu ko‘rsatkich 16,3% ga yetgan bo‘lib, o‘rtacha hisobda har oltinchi kishi sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanmoqda.

Hisobotda global miqyosda raqamli tafovut kuchayib borayotgani ham qayd etilgan. Global Shimol mamlakatlarida SI joriy etish darajasi 24,7% ni tashkil etgan bo‘lsa, Global Janub hududlarida bu ko‘rsatkich atigi 14,1% ga teng. Yarim yil ichida ikki guruh o‘rtasidagi farq 9,8% banddan 10,6% bandgacha kengaygan.

Dunyo bo‘yicha sun’iy intellektdan foydalanish darajasi eng yuqori bo‘lgan davlat sifatida BAA yetakchilik qilmoqda — bu mamlakatda aholining 64%i SI texnologiyalaridan foydalanadi. Ikkinchi o‘rinda Singapur (60,9%) joylashgan. Eng tez o‘sishni Janubiy Koreya namoyish etib, davlat investitsiyalari va milliy tilga moslashtirilgan modellarning rivoji hisobiga jahon reytingida 25-o‘rindan 18-o‘ringa ko‘tarilgan.

Shuningdek, ekspertlar DeepSeek platformasining tezkor kengayib borayotganini alohida ta’kidlagan. Xususan, ushbu xizmat Xitoy va Afrika bozorlarida g‘arbiy yechimlarning asosiy raqobatchisiga aylangan. DeepSeek’ning bozor ulushi Xitoyda 89% ga, Belarusda 56% ga, Rossiyada esa 43% ga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistondagi 15 ta OTMda sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi
/
O‘zbekistondagi 15 ta OTMda sun’iy intellekt laboratoriyalari tashkil etiladi
O‘zbekistonda 2030-yilgacha qiymati $100 mlnlik 25 ta startap amalga oshiriladi
/
O‘zbekistonda 2030-yilgacha qiymati $100 mlnlik 25 ta startap amalga oshiriladi
ATTO orqali oylik to‘lovlar hajmi 105 mlrd so‘mdan oshdi
/
ATTO orqali oylik to‘lovlar hajmi 105 mlrd so‘mdan oshdi