2025-yilda yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 6,4 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori maosh moliya va IT sohalarida qayd etilmoqda

2025-yilda yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi 6,4 mln so‘mga yetdi

2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nominal ish haqi 18,9%ga oshdi. Bu haqda Markaziy bankning Mehnat bozori sharhida qayd etilgan.

Inflyatsiya hisobga olingan holda real ish haqi o‘sishi 9,3%ni tashkil etdi. O‘rtacha oylik ish haqi qariyb 6,4 mln so‘mga teng bo‘ldi.

Tarmoqlar kesimida eng yuqori o‘rtacha maosh moliya va sug‘urta sohasida — 17,6 mln so‘m, shuningdek axborot va kommunikatsiya xizmatlarida — 15,3 mln so‘m etib qayd etildi. Eng past o‘rtacha ish haqi esa qishloq xo‘jaligida (3,4 mln so‘m) hamda ijtimoiy xizmatlar sohasida (4,1 mln so‘m) saqlanib qoldi.

So‘nggi yillarda, xususan 2023-yildan keyingi davrda ko‘plab tarmoqlarda ish haqi o‘sish sur’ati sekinlashgan edi. Biroq 2025-yilning ikkinchi yarmidan boshlab o‘sish yana tezlashdi. Bu, asosan, davlat sektorida ish haqlarining indeksatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Natijada ayrim sohalarda o‘sish sur’ati boshqa tarmoqlarga nisbatan yuqoriroq shakllandi.

Masalan, tashish va saqlash yo‘nalishida ishlovchilarning ish haqi nominal hisobda 18,9%ga, real hisobda 9,3%ga oshdi. Ijtimoiy sohalarda esa nominal o‘sish 17,4%, real o‘sish 7,9%ni tashkil etdi. Eng past o‘sish qurilish sohasida qayd etildi — bu yo‘nalishda nominal o‘sish 9,1%, real o‘sish esa atigi 0,6% bo‘ldi.

Hududlar kesimida real ish haqi o‘sishining eng yuqori ko‘rsatkichi Namangan viloyatida — 13,1%, Sirdaryo viloyatida — 11,5% va Jizzax viloyatida — 11,1% darajasida qayd etildi. Eng past o‘sish Andijon viloyatida — 4,6% va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 6,2%ni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda isitish mavsumi 24-martdan bosqichma-bosqich yakunlanadi
/
Toshkentda isitish mavsumi 24-martdan bosqichma-bosqich yakunlanadi
Narpayda ixtisoslashgan sanoat zonasi yaratish ortidan $500 mlnlik loyihalar boshlanadi
/
Narpayda ixtisoslashgan sanoat zonasi yaratish ortidan $500 mlnlik loyihalar boshlanadi
Toshkentda yana 4 ta ko‘chada BRT ajratilgan yo‘laklari joriy etiladi
/
Toshkentda yana 4 ta ko‘chada BRT ajratilgan yo‘laklari joriy etiladi