7.1.2026 | 17:39
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi
Shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan $4,9 mlrd jalb etildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi $43,1 mlrdni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 24% ga oshgan.
Investitsiyalar tarkibida asosiy ulush to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning hajmi $38,2 mlrdni tashkil etdi. Shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan $4,9 mlrd jalb etildi.
2025-yilda investitsiyalar bo‘yicha TOP-5 hamkor davlatlar quyidagilar bo‘ldi:
- Xitoy — $4,9 mlrd;
- Rossiya — $4,8 mlrd;
- Turkiya — $2,6 mlrd;
- Saudiya Arabistoni — $2,5 mlrd;
- Birlashgan Arab Amirliklari — $1,5 mlrd.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ