2025-yilda O‘zbekiston gaz eksporti $628,8 mlnga yetdi

Dekabr oyida eksport keskin kamayib, $4,7 mlnni tashkil etdi

2025-yilda O‘zbekiston gaz eksporti $628,8 mlnga yetdi

2025-yilda O‘zbekistondan gaz eksporti $628,8 mlnni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 1,4% ga ko‘p, deb xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Oylar kesimidagi gaz eksporti hajmi

Oy Eksport (mln)
Yanvar $21,8
Fevral $20,2
Mart $52,3
Aprel $105,4
May $88,3
Iyun $66,9
Iyul $83,7
Avgust $56,1
Sentabr $51,5
Oktabr $22,0
Noyabr $55,9
Dekabr $4,7

Dekabr oyidagi keskin pasayish

2025-yil dekabr oyida O‘zbekiston $4,7 mlnlik gaz eksport qildi. Bu 2024-yil dekabridagi $34,2 mlnlik ko‘rsatkichga nisbatan 7,3 baravar kam.

O‘tgan yili gaz asosan Tojikiston va Xitoyga yetkazib berilgan.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekiston $1,66 mlrdlik gaz import qilgan. Bu 2024-yilga nisbatan 1,2% ga kam.

Shu jumladan, dekabr oyida gaz importi hajmi $203 mlnni tashkil etgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda yong‘in xavfsizligi talablari buzilgani sabab 7 ta savdo markazi vaqtincha yopildi
/
Toshkentda yong‘in xavfsizligi talablari buzilgani sabab 7 ta savdo markazi vaqtincha yopildi
2026-yilning ilk oyida inflyatsiya 0,7% ni tashkil etdi
/
2026-yilning ilk oyida inflyatsiya 0,7% ni tashkil etdi
Misrning Nile Sugar kompaniyasi Jizzaxda shakar zavodi qurishga $450 mln sarmoya kiritadi
/
Misrning Nile Sugar kompaniyasi Jizzaxda shakar zavodi qurishga $450 mln sarmoya kiritadi