2025-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p tushum foyda solig‘idan bo‘ldi

O‘tgan yili byudjetga 247,8 trln so‘m soliq tushumi ta’minlandi

2025-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p tushum foyda solig‘idan bo‘ldi

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda davlat byudjetiga jami 247,8 trln so‘m soliq tushumi kelib tushdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 24% ga ko‘pdir.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etildi.

O‘tgan yilda eng katta tushum foyda solig‘i hisobidan shakllandi. Ushbu soliq turi bo‘yicha 72,3 trln so‘m tushum kelib tushdi, o‘sish 37% ni tashkil etdi.

Keyingi o‘rinlarda:

  • Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) — 45,2 trln so‘m (+14%);
  • Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JSHODS) — 42,4 trln so‘m (+20%).

Qolgan soliq turlari bo‘yicha tushumlar quyidagicha:

  • Yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i — 25,8 trln so‘m (+28%);
  • Aksiz solig‘i — 20 trln so‘m (+13%);
  • Soliqsiz tushumlar — 19,5 trln so‘m (+31%);
  • Yer solig‘i — 10 trln so‘m (+22%);
  • Mol-mulk solig‘i — 8 trln so‘m (+18%);
  • Aylanmadan olinadigan soliq — 3,1 trln so‘m (+8%);
  • Suv resurslaridan foydalanganlik solig‘i — 1,4 trln so‘m (+21%).

Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, byudjet tushumlarining barqaror o‘sishi iqtisodiy faollikning ortishi va soliq ma’murchiligining takomillashuvi bilan bog‘liq.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank asosiy stavkani yana 14% darajasida qoldirdi
/
Markaziy bank asosiy stavkani yana 14% darajasida qoldirdi
Toshkent markazida uy-joyning bir kvadrat metri $1853 ga baholandi
/
Toshkent markazida uy-joyning bir kvadrat metri $1853 ga baholandi
2025-yilda O‘zbekistondan aviaqatnovlar Qozog‘istondagiga qaraganda arzonroq bo‘ldi
/
2025-yilda O‘zbekistondan aviaqatnovlar Qozog‘istondagiga qaraganda arzonroq bo‘ldi