2025-yilda davlat xaridlarida 673 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, shuningdek, qiymati 70 mlrd so‘m bo‘lgan 60 ta xaridni bekor qilgan

2025-yilda davlat xaridlarida 673 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

2025-yil davomida umumiy qiymati 673,3 mlrd so‘m bo‘lgan 192 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Bu haqda 6-fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Agentlik axborotiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida 666,6 mlrd so‘mlik 189 ta davlat xaridi yuzasidan buyurtmachilarga 117 ta taqdimnoma kiritilgan. Eng yirik qonunbuzilishlar Toshkent shahri, Andijon va Toshkent viloyatlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 441,7 mlrd so‘mlik autsorsing asosida sog‘lom ovqatlantirish xizmatlari bo‘yicha o‘tkazilgan tenderlarda aniqlangan. Shuningdek, “Xalq banki” ATB buyurtmachiligida 28,5 mlrd so‘mlik mebel jihozlarini tayyorlash va xarid qilish bo‘yicha tenderlar ham e’tirozli deb topilgan.

Natijada qiymati 70 mlrd so‘m bo‘lgan 60 ta xarid bekor qilingan. Bundan tashqari, 667,5 mlrd so‘mlik 166 ta davlat xaridi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 109 ta so‘rovnoma yuborilgan.

Agentlik vakili Jo‘rabek Beshimovning ta’kidlashicha, qonunchilik talablarini buzgan shaxslardan 14 nafari ma’muriy, 12 nafari intizomiy javobgarlikka tortilgan. Ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan davlat xaridlari tekshiruvlari davomida 50 dan ortiq kamchilik hamda 35 ta korrupsiyaviy omil aniqlangani qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $75 mlrdga yetdi
/
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi $75 mlrdga yetdi
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekistonda metan zapravkalari qurilishiga taqiq qo‘yilganini ma’lum qildi
/
Bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekistonda metan zapravkalari qurilishiga taqiq qo‘yilganini ma’lum qildi
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oshirildi
/
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oshirildi