2025-yilda O‘zbekistondan aviaqatnovlar Qozog‘istondagiga qaraganda arzonroq bo‘ldi

Qo‘shni mamlakatdan uchishlar yo‘lovchilar uchun 37% qimmatroqqa tushdi

2025-yilda O‘zbekistondan aviaqatnovlar Qozog‘istondagiga qaraganda arzonroq bo‘ldi

2025-yilda O‘zbekiston fuqarolari xorijga parvozlar uchun Qozog‘iston aholisi bilan solishtirganda kamroq mablag‘ sarflagan. Bu haqda Aviasales xizmati ma’lumotlarida qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonliklar orasida eng mashhur yo‘nalishlar Rossiya, Turkiya, BAA, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Germaniya va Saudiya Arabistoni bo‘lgan. Xalqaro parvozlarning o‘rtacha narxi 3,9 mln so‘mni tashkil etgan.

Qozog‘iston aholisi ham o‘xshash yo‘nalishlarni tanlagan, jumladan, Gruziya, Tailand va Vetnamga ham parvoz qilgan. Biroq ularning o‘rtacha xarajatlari 5,4 mln so‘mgacha yetgan.

Bir xil yo‘nalishlar bo‘yicha taqqoslash natijalari narxlarda sezilarli farq borligini ko‘rsatdi. Jumladan, Rossiyaga parvozlar o‘zbekistonliklar uchun 29% ga, BAAga — 28% ga, Xitoyga — 26% ga arzon bo‘lgan. Umuman olganda, Qozog‘istondan uchish narxlari taxminan 37% qimmatroq chiqqan.

Har ikki mamlakat fuqarolarining sayohat davomiyligi o‘rtacha 7 kunni tashkil etgan. Biroq qozog‘istonliklar chipta sotib olishni oldindan rejalashtirib, parvozgacha 23 kun oldin bron qilgan. O‘zbekistonliklar esa, odatda, jo‘nashdan 12 kun oldin chipta xarid qilgan.

Shuningdek, qo‘shni davlat aholisi biznes-klassda uchishni 20% ko‘proq tanlagan. Ular asosan AQSh, Xitoy va Buyuk Britaniyaga parvozlarda qulaylikka ustunlik bergan.

2025-yilda o‘zbekistonlik yo‘lovchilar 350 ta aviakompaniya xizmatidan foydalangan. Bu Qozog‘istonga nisbatan ko‘proq tranzit va yo‘nalishlar mavjudligini ko‘rsatadi (u yerda 285 ta tashuvchi faoliyat yuritadi).

Bozor yetakchisi Uzbekistan Airways bo‘lib, uning ulushi 45,4% ni tashkil etdi. Shuningdek, Centrum Air (12,6%), Ural Airlines (5,2%), Qanot Sharq (4,5%) va Aeroflot (3,7%) eng talabgir aviakompaniyalar qatoriga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkent markazida uy-joyning bir kvadrat metri $1853 ga baholandi
/
Toshkent markazida uy-joyning bir kvadrat metri $1853 ga baholandi
BlackRock’ning sho‘ba kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz sohasiga sarmoya kiritishni o‘rganmoqda
/
BlackRock’ning sho‘ba kompaniyasi O‘zbekiston neft-gaz sohasiga sarmoya kiritishni o‘rganmoqda
Yangi Bankning kafolatlanmagan mablag‘lari kreditlar va aktivlar hisobidan qaytariladi
/
Yangi Bankning kafolatlanmagan mablag‘lari kreditlar va aktivlar hisobidan qaytariladi