O’zbekistonda kelgusi yilda infratuzilma obyektlarini yaxshilashga 43 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan

2024-yilda esa 35 trln so‘m sarflangan 

O’zbekistonda kelgusi yilda infratuzilma obyektlarini yaxshilashga 43 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan

Biznes uchun yo‘l, suv, elektr, gaz, temir yo‘l kabi infratuzilma obyektlarini yaxshilashga 2024-yilda 35 trln so‘m yo‘naltirildi. Bu haqida Prezident matbout xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kelgusi yil yana 43 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Matbout xizmati xabariga ko’ra, 2024-yilda $100 mlnlik faktoring xizmatlari ko‘rsatilgan.
Korxonalarni barqaror energiya bilan ta’minlash uchun elektr ishlab chiqarish 82 milliard kilovatt-soatga yetdi.

Bu yil ishga tushgan $6,3 mlrdlik 17 ta yirik “yashil” va yangi texnologiyaga asoslangan energiya quvvatlari hisobiga kelgusi yilda qariyb 90 mlrd kilovatt-soat elektr ishlab chiqariladi.

Bu ishlar davom ettirilib, 2025-yilda yana $6,4 mlrdlik 25 ta loyiha doirasida 4,8 gigavatt yangi quvvatlar barpo etiladi.

Endi energiya sohasida ham raqobatli bozorga o‘tish vaqti kelgani qayd etildi. Hozirgi kunda mamlakatda mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar soni 24 taga yetdi. Ilk bor 2025 yilda elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob
/
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
/
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi
/
“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi